Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti
Dastur haqida
Yo‘nalish talaba-yoshlarga adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi, o‘zbek adabiy tanqidi tarixi, o‘zbek va jahon adabiyoti masalalarini qiyosan o‘rganish, zamonaviy adabiy jarayon muammolarini ta’lim bosqichlarida samarali o‘qitish, jahon standartlari talablari darajasida filolog-pedagog kadrlarni tayyorlash, shu asosda ilmiy-nazariy adabiyotshunoslikni takomillashtirish maqsadida ish olib boradi. Shuningdek, jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi jahon xalqlari adabiyotining manbalari, tarixiy davrlari, bosqichlari, adabiy metodlari, oqimlari, tur va janrlari, yetakchi adabiy siymolari, ularning yuksak badiiyatga ega asarlari, badiiy xususiyatlari, ijodkor uslubiy mahorati masalalarini magistratura bosqichi talabalariga mukammal ilmiy metodologiya asosida yetkazish hamda umumbashariy adabiy-nazariy tafakkur, adabiy tanqid, badiiy tafakkur tarixi, tadriji, umumjahon adabiyotshunosligi kriteriylari, adabiyotshunoslikning boshqa gumanitar, tabiiy va aniq fanlar bilan uzviy munosabatini oʻrganishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, asosiy faoliyatini o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur tadqiq etish, adabiyotimiz tarixi va ajdodlarimiz qoldirgan adabiy-ma’naviy meros mohiyatini talaba yoshlar ongiga singdirish, mumtoz poetika qonuniyatlarini o‘rgatish, adabiyotshunoslik, navoiyshunoslikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borish va ularni to‘plash vazifalari tashkil etadi. Yo‘nalishning maqsadi milliy-ma’naviy qadriyatlar, adiblarimiz ilgari surgan ilg‘or g‘oyalar bilan qurollangan, keng kasbiy ko‘nikmaga ega, mustaqil va zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirishdir.
O'xshash dasturlar
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Lingvistika (nemis tili)
13 478 000 so'm
yiliga · ≈ $1,145
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya
14 718 000 so'm
yiliga · ≈ $1,250
Yangi asr universiteti
Tarix
20 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,699
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Ijtimoiy ish
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,616
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Psixologiya
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,616
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Psixologiya
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,616