WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Biznes boshqaruvi (MBA — IT Biznes)

Magistr Dual 2 yil

Dastur haqida

MBA — IT Biznes: texnologiya va boshqaruv uyg‘unligi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Janubiy Koreyaning AJOU universiteti hamkorligidagi ikki diplomli magistratura dasturi texnologiyalar yordamida biznesni rivojlantirishga intilayotgan mutaxassislar, menejerlar va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan.

Dastur biznes boshqaruvi va axborot texnologiyalarini birlashtirib, raqamli mahsulotlar yaratish, biznes jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion yechimlarni joriy etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tinglovchilar biznes-analitika va ma’lumotlar tahlili, raqamli mahsulot va loyiha boshqaruvi, startaplarni yaratish, innovatsion menejment hamda texnologik transformatsiya yo‘nalishlarini o‘rganadilar.

Ta’lim ikki mamlakatda tashkil etiladi: tinglovchilar 1–2-semestrlarni O‘zbekistonda, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, 3–4-semestrlarni esa Janubiy Koreyaning AJOU universitetida o‘qiydilar. Ushbu format ikki mamlakatning ta’lim tajribasini o‘zlashtirish va xalqaro akademik muhitda kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.

Mahalliy va koreyalik professorlar ishtirokidagi mashg‘ulotlar, amaliyot va loyiha ishlari bilimlarni real biznes vazifalariga tatbiq etishga yordam beradi. Dastur bitiruvchilarni ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish, raqamli tashabbuslarni boshqarish va biznesning raqobatbardoshligini oshirishga tayyorlaydi.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga ikki diplom beriladi:

  • Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi — Biznes boshqaruvi (MBA — Digital Economy);

  • AJOU universiteti — MBA IT Business diplomi.

Ta’lim shakli: kunduzgi.
Nomzodlar uchun asosiy talablar: bakalavr diplomi; ingliz tili bo‘yicha IELTS 5,5 yoki TOEFL kamida 72 ball.

O'xshash dasturlar