WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

Loyiha boshqaruvi

Magistr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

Loyiha boshqaruvi (MSc) — xalqaro bilimlar, amaliy ko‘nikmalar

O‘zbekistonning Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida taklif etiladigan ushbu magistratura dasturi davlat boshqaruvi, biznes, IT, qurilish, sanoat va boshqa sohalarda loyihalarni boshqarishga intilayotgan mahalliy va xorijiy talabalar uchun mo‘ljallangan.

Dastur davomida tinglovchilar loyihalarni rejalashtirish, muddat va byudjetni boshqarish, risklarni baholash, sifatni ta’minlash hamda jamoalarga rahbarlik qilish ko‘nikmalarini egallaydilar.

Ta’lim mazmuni Project Management Institute (PMI) tashkilotining PMBOK® qo‘llanmasi va loyihalarni rejalashtirish bo‘yicha amaliy standartlariga tayanadi. Tinglovchilar loyiha ishlarini bosqichlarga ajratish, ishlar ketma-ketligini belgilash, kritik yo‘lni hisoblash va resurslarni samarali taqsimlashni o‘rganadilar. MS Project va/yoki Primavera dasturlaridagi amaliy mashg‘ulotlar ushbu bilimlarni mustahkamlaydi.

Dastur zamonaviy moslashuvchan va gibrid boshqaruv usullarini ham qamrab olib, turli sohalardagi loyihalarni g‘oyadan amaliy natijagacha olib borishga tayyorlaydi.

O'xshash dasturlar