Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi
Dastur haqida
70710102 – Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati yil bo‘lib,talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
70710102 – Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi magistratura ta’lim yo‘nalishi – ishlab chiqarish, "Oʻzbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi va uning tasarrufidagi neft-gaz sanoati korxonalari UzNEFT maxsulot, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodi, Farg’ona NGQIZ, Buxoro NGQIZ, Muborak NGQI zavodlari, O‘zbekiston Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yagona korporativ tizim-Uzkimyosanoat AJ tasarrufidagi korxonalar Dehqonobod kaliy zavodi, Farg’onaazot AJ, Navoiyazot AJ, Maxam-Chirchiq AJ korxonalarining turli sohalarida muxandis texnolog, fan va ishlab chiqarish masalalarida Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo instituti, O‘simlik moddalari kimyosi institutida ilmiy-tadqiqot ishlari, davlat boshqaruvi organlari, shuningdek davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
O'xshash dasturlar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish
32 512 040 so'm
yiliga · ≈ $2,760
Toshkent davlat transport universiteti
Uchish apparatlari dvigatellari va energetik qurilmalari
—
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Atrof-muhit muhandisligi
32 512 040 so'm
yiliga · ≈ $2,760
Samarqand davlat texnika universiteti
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
10 800 000 so'm
yiliga · ≈ $917
Toshkent davlat transport universiteti
Metallurgiya
—
Namangan davlat texnika universiteti
Mashinashunoslik
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104