WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Termiz davlat pedagogika instituti

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim)

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

1.2.1. 60112300 - Texnologik ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari:

- umumiy o'rta ta'lim va ixtisoslashgan maktab o'qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o'rta ta'limda texnologiya fani va kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;

- o'rta maxsus va professional ta'limda mutaxassislik fanlari o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-maktabdan tashqari ta'limda to'garak fanlari o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-tashkilotlarda hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash ishlari bilan shug'ullanish va fan o'qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;

-O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug'ullanish;

-umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta'lim muassasasini boshqarish;

- umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, tyutor sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

1.2.2. 60112300 Texnologik ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob'ektlari:

- umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida; -Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

-ta'limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;

- ishlab chiqarish korxonalari;

- davlat boshqaruv organlari, o'rta, o'rta maxsus kasbiy ta'limning davlat va nodavlat muassasalarida;

60112300 Texnologik ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bitiruvchilari o'qishni tamomlagandan so'ng, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, pedagogika ta'lim fanlar yo'nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo'lib ishlash, texnologik ta'lim va kasbiy ta'lim muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda, ishlab chiqarish korxonalarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo'ladi.

O'xshash dasturlar