O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari)
Dastur haqida
Ushbu ta’lim dasturi orqali talabalarda san’at sohasida faoliyat olib boradigan turli tarkibdagi orkestrlarda mohir sozanda-ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish, ijodiy faoliyatga tayyorlash, jamoaviy ijro tarixi, ansambl bo‘lib ijro etish, ko‘p ovozli musiqa mohiyati va uni ijro etish mahorati, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri repertuari, turli ijro va ish uslublari, dirijyorlik tajribasi va boshqa ijrochilik san’ati qoidalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan tayanch bilimlarni egallashdan iborat. Ushbu maqsadga erishishda soha uchun zarur bo‘ladigan: o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlari, ularning tashkil topishi va ijodiy faoliyati, ijro uslublari, mavjud musiqiy asarlarni tahlil qilishni va ijro etish sirlarini egallang hamda ko’zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida 240 kredit to ‘plashingiz zarur bo ‘ladi.
Jami auditoriya soati 3060 soat
Malakaviy amaliyot soati 450 soat
Bitiruv malakaviy ishi 150 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat atestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish va ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Attestatsiyalar |
16 |
1-8 |
|
|
Malakaviy amaliyot, pedagogik amaliyot |
15 |
3,4,5,6,8 |
|
|
Bitiruv malakaviy ishi |
5 |
8 |
|
|
Kredit tizimiga kirish |
1 |
1 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
3 |
3-5-7 |
|
|
Ta’til |
41 |
1-8 |
|
|
GPA kо‘rsatgichini hisoblash |
3 |
2-4-6 |
|
|
Jami: |
204 |
|
|
Izoh: (O ‘quv rejadagi oxirgi izoh qoldirilgan shu bilan to’ldiriladi)
|
1. |
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi. |
|
2. |
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin. |
|
3. |
Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi. |
|
4. |
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. |
|
5. |
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi: |
|
O‘quv-tanishuv amaliyoti (3-semestrda jami 30 soat), Ijrochilik amaliyoti (3-4-semestrda jami 150 soat), Pedagogik amaliyot (5-6-semestrda jami 180 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 90 soat). |
|
|
6. |
Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi. |
|
7. |
San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi. |
|
8. |
Bitiruv malakaviy ishi (ijro dasturi - asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi. |
|
9. |
Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi: |
|
"Xalq cholg‘ularida ijrochilik" va "Ansambl sinfi (xalq cholg‘ulari)" (ijrochiga extiyoj bo'lgan hollarda) fanlariga jo‘rnavozlik soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 100% hisobidan; |
|
|
*Dirijorlik sinfida 200% hisobidan. |
|
|
10 |
“Dirijorlik”, “Cholg‘ulashtirish (o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri)”, “Dirijorlikni o‘qitish uslubiyoti” va “Orkestr ijrochiligi asoslari” fanlari “Xalq cholg‘ulari orkestri dirijori” |
|
. |
malakasini berish uchun 2 kursda saralangan talabalarga 3-semestrdan boshlab tegishli semestrlar davomida o‘tiladi. Mazkur fanlarni davom ettirmayotgan talabalar uchun 3-semestrdan boshlab tegishli semestrlar davomida ushbu fanlar soatlari hisobiga “Turdosh cholg‘ularni o‘rganish”, “Xalq kuylarini notalashtirish (xalq cholg‘ulari)”, “Xalq cholg‘ularida o‘qitish uslubiyoti” va “Ansambl bilan ishlash uslubiyoti” fanlari o‘tiladi. |
O'xshash dasturlar
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
Buxgalteriya hisobi
53 000 000 so'm
yiliga · ≈ $4,408
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
Bank ishi
53 000 000 so'm
yiliga · ≈ $4,408
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
Iqtisodiyot va biznes tahlili
53 000 000 so'm
yiliga · ≈ $4,408
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dizayn
$2,000
yiliga · ≈ 24 047 000 so'm
Qarshi davlat universiteti
Cholg'u ijrochiligi
$1,200
yiliga · ≈ 14 428 000 so'm
Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
Menejment
53 000 000 so'm
yiliga · ≈ $4,408