Dastur haqida
60710200 – Biotexnologiya ta’lim yo‘nalishida ta’lim oluvchi bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi zarur. O‘qish muddati 4 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlanguniga qadar 240 kredit to‘plashi kerak. Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 30 akademik soatni tashkil etib, talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 40% auditoriya soati, 60% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
60710200 – Biotexnologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir qator ilmiy tadqiqot institutlari jumladan, Mikrobiologiya instituti, Genomika va bioinformatika markazi, Bioorganik kimyo instituti, O’simlik moddalari kimyosi instituti, Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda farmasevtik korxonalar, jumladan, “SHANAZ” MCHJ, “RADIKS” MCHJ, “ZUMA-PHARMA” MCHJ, “Nobel farm” MChJ, “DENTAFILL PLYUS” farmasevtik korxonasi bilan o‘zaro mustahkam aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarda biologiik, biotexnologik, bioorganik jarayonlarga aloqador ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Magistratura talabalariga korxonalardagi mavjud muammolarga asoslangan dissertatsiya mavzulari berilgan, ular asosan, mahalliy xom ashyo asosida yangi preparatlar, gen muhandisligi asosida yangi o’simlik navlari, biologik faol moddalar va biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishga.
O'xshash dasturlar
Olmaliq davlat texnika instituti
Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi)
9 500 000 so'm
yiliga · ≈ $807
Olmaliq davlat texnika instituti
Mexanika muhandisligi
9 500 000 so'm
yiliga · ≈ $807
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Mexanika muhandisligi
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
10 049 550 so'm
yiliga · ≈ $854
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Mexanika muhandisligi
40 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,398
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Muqobil energiya manbalari
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039