Dastur haqida
Stomatologiya turlari bo'yicha bakalavriatura ta’lim yo‘nalishining kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi: Sog‘liqni saqlash tizimining muassasalari, davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlarida stomatologik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish, stomatologik yordam va dispanser kuzatuv faoliyatining usullarining sifatini oshirish bo‘yicha kompleks masalalarni echish, stomatologiyani rivojlantirish, Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida, sog‘liqni saqlash tizimiga tegishli dasturlar, standartlar, ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy-tadqiqot ishlari, me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar tayyorlashda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi; Kasbiy faoliyatining turlariga tibbiy-profilaktik, tezkor va shoshilinch tibbiy yordam, tashxislash va davolash, reabilitatsiya, tibbiy-ijtimoiy, tashkiliy- boshkaruv, ilmiy-tadqiqot kiradi. Bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishi mumkin. Stomatologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishi mumkin. SHuningdek, o‘rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.
O'xshash dasturlar
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Pediatriya ishi
42 000 070 so'm
yiliga · ≈ $3,568
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Stomatologiya
42 000 070 so'm
yiliga · ≈ $3,568
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar
Oziq-ovqat texnologiyasi.
14 978 856 so'm
yiliga · ≈ $1,272
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058