Dastur haqida
Toshkent arxitektura qurilish universitetining “Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi 1972 yilda tashkil topgan. Dastlab kafedra 7 professor-o‘qituvchilardan iborat bo‘lib, 4 ta texnika fanlari nomzodi faoliyat ko‘rsatgan. Kafedra mudiri etib dos. Qosimov E.U. tayinlangan. dos. Xasanova M.Q., dos. Maxkamov S.M., prof. Samigov N.A., dos. Tolipova N.Z., prof. Sattorov Z.M., dos.Majidov S.R. “Qurilish materallari va kimyo” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlashgan. Hozirgi kunda “Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasi mudiri prof. S.I.Axmedov. 2024-2025 o‘quv yilida “Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasida 4 nafar professor, 8 nafar fan nomzodlari, 6 nafar katta o‘qituvchilar va 1 nafar assistentlar foaliyat olib borishmoqda (ilmiy salohiyat-63.1 % tashkil etadi). “Qurilish va atrof muhit muhandisligi” kafedrasida hozirda 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 2 ta magistratura ta’lim mutaxassisliklari mavjud.
“Qurilish va atrof muhit muhandisligi ” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tgan davr ichida 9 ta darslik, 17 ta o‘quv qo‘llanma, 13 ta ilmiy monografiya, 5 ta ixtirolar uchun patent, 2 ta foydali modellar uchun guvohnomalar, 27 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.
Kafedraning laboratoriya bazasi:
Qurilish materiallari va buyumlari;
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi;
Kimyo;
Kafedraning bosh ilmiy mavzusi:
Mineral va polimer bog‘lovchilar asosida kompozismon qurilish materiallari yaratish va tadqiq etish;
Kompozitsion qurilish materiallarining nano va mikrostrukturalarini xossalarini o‘rganish;
Mahalliy xom ashyolar asosida modifikatsiyalangan bog‘lovchilar bilan ko‘chuvchan qumlarni xossalarini yaxshilash va qo‘llash texnologiyasi;
Chiqindilar asosida olingan qumni qotiruvchi reagentlarning fizik-kimyoviy, struktura hosil qilish va reologik xossalarini o‘rganish;
Ikkilamchi xom ashyo asosida yaratilgan import o‘rnini bosuvchi modifikatsiyalangan superplasifikator qo‘shilgan yuqori mustahkamlikka ega va yemirilishga bardoshli beton ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish
O'xshash dasturlar
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Arxitektura
12 869 000 so'm
yiliga · ≈ $1,093
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji (turlari bo‘yicha)
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039
Namangan davlat texnika universiteti
Arxitektura
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Arxitektura
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039
Andijon davlat texnika instituti
Arxitektura
8 950 000 so'm
yiliga · ≈ $760