Namangan davlat pedagogika instituti
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
Dastur haqida
TA’LIM DASTURI HAQIDA
Ta’lim yo‘nalish nomi: “60110500- Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”
Ta’lim yo‘nalishi tavsifi:
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha siz tasviriy san’at, muhandislik grafikasi, chizma geometriyasi, dizayn asoslari hamda loyihalash faoliyatiga oid zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladi. Ular grafik tasvirlar yaratish, loyihalarni vizual taqdim etish, texnik chizmalar tayyorlash, hamda raqamli grafik dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi – bu maktab va ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘quvchilariga san’at va grafikaga oid nazariy bilimlar bilan birga, ularni amaliy mashg‘ulotlar orqali tasviriy ifoda, muhandislik chizmalari va grafik loyihalash asoslariga o‘rgatish, ularning estetik tafakkuri va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish demakdir.
Siz 3 yil davomida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqur o‘zlashtirasiz:
-
- Tasviriy san’at asoslari va san’atshunoslik bilimlari;
- Kompozitsiya;
- Perspektiva;
- Rangshunoslik va ranglar muvofiqligi nazariyasi;
- Chizmachilik va muhandislik grafikasi asoslari;
- San’at tarixi va zamonaviy san’at yo‘nalishlari;
- Geometrik va texnik chizmalar yaratish;
- Muhandislik grafikasi asosida loyihalash ishlari;
- Kompyuter grafikasi (Adobe Photoshop, CorelDRAW, AutoCAD va boshqa grafik dasturlar);
- Grafik dizayn ishlanmalarini yaratish;
Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 6 semestr (3 yil) davomida jami: 180 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan;
Jami auditoriya soati: 4620 soat
Malakaviy amaliyot: 780 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 150 soatni tashkil etadi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
30 |
1 – 6 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki Yakuniy davlat attestatsi |
|
4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim |
60 |
3 – 6 |
|
|
Malakaviy amaliyot |
10 |
1– 4 |
|
|
Attestatsiya |
19 |
1 – 6 |
|
|
va Bitiruv malakviy ishi himoyasi |
2 |
6 |
|
|
Ta’tillar |
29 |
1 – 6 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
2 |
1,3,5 |
|
|
Jami |
152 |
|
|
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- 4 kun nazariy va 2 kun amaliy ta’lim amalga oshirish 4 kun Namangan davlat pedagogika institutida nazariy ta’lim oladilar hamda 2 kun ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tkaziladi
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida amalga oshiriladi
Bitiruvchilarning kasbiy faoliyat obyektlari:
- Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
- Ishlab chiqarish konronalarida;
- Davlat boshqruv organlarida mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
O'xshash dasturlar
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
29 233 000 so'm
yiliga · ≈ $2,483
AFRASIAB UNIVERSITY
Dizayn
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Mediashunoslik
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,346
O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Xoreografiya (Xoreografiya jamoalari rahbari)
16 320 000 so'm
yiliga · ≈ $1,386
Buxoro davlat universiteti
Madaniyatshunoslik
—
Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti
Grafika: dastgoh va kitob grafikasi
25 000 000 so'm
yiliga · ≈ $2,124