Dastur haqida
“Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi ikki yirik kafedralar: “Gidrotexnika inshootlari” va “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar” asosida 1996 yilda tashkil topgan. Mazkur kafedralar 1946 va 1964 yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib, o‘zlarining ilmiy o‘quv izlanuv maktablariga ega bo‘lgan zabardast olim va murabbiylar ishlab kelganlar. 2023 yildan boshlab esa "Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi” kafedrasi deb nomlandi.
Kafedralar tashkil etilgandan boshlab kafedralarning rivojiga taniqli olim – professorlar: S.X. Abalyans, K.K.Qozoqboyev, X.Z. Rasulov, dotsentlar: N.V. Kokaya, I.M. Ulevatiy, S.A Savelyev, A.N. Teplyakov, A.Qodirov, Z.A.Ashurmatov, K.I. Ibragimov X.Fayziyev O‘.I.Xusanxo‘jayevlar uzoq yillar davomida hissa qo‘shib kelganlar.
Kafedraga dotsent X.I.Ibragimov 1991-1996 yillari, professor X.Z. Rasulov 1996-2001 yillari, professor S.Sayfiddinov 2001-2007 yillari, professor X.Fayziyev 2007-2015 yillari, dotsent S.M.Narbayev 2015-2016-yillari rahbarlik qilgan bo‘lib, 2016-yildan hozirgi vaqtgacha dotsent Toshxo‘jayev A.U. rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedra Jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalari-Moskva Davlat qurilish universiteti, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti hamda Belorussiya Milliy texnika universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqda.
O'xshash dasturlar
Andijon davlat texnika instituti
Qurilish muhandisligi
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Bino va inshootlar arxitekturasi
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,911
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,911
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
Samarqand davlat texnika universiteti
Arxitektura tarixi va nazariyasi
15 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,325
Andijon davlat texnika instituti
Qurilish materiallari texnologiyalari
—