Dastur haqida
Menejment
Tavsif:
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavratura yo‘nalishi –ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, ilmiy-tadqiqot sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u o‘z ichiga tarmoqlar va sohalar korxonalari, tashkilotlar, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlarning natijalarini tahlil qilish va baholashning faoliyat ko‘lamini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va korxonalar tashkiliy tuzilishining optimal variantlarini tanlash, boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash,tashkilot va korxonalar boshqarish samaradorligini oshirish, tashkilot va korxonada mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, korxonada menejer faoliyatini oqilona tashkil etish, boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, boshqaruvda axborot va kommunikasiyalardar samarali foydalanish, korxonada samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug‘ullanadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6300 soat
Malkaviy amaliyot: 900 soat
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1 – 7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Attestatsiya |
22 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
6 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
49 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
7 |
1,2,3,4,5,6,7 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,346
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,398
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Buxgalteriya hisobi
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Iqtisodiyot va yo'nalishlari
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,529