Dastur haqida
70410801 - Menejment
Bilim sohasi: Biznes, boshqaruv va huquq
Ta’lim sohasi: Biznes va boshqaruv
Ta’lim yo‘nalishi: Menejment
ECTS kreditlari: 120
Qisqacha tavsif:
Menejment magistratura mutaxassisligi tashkilotlar, korxonalar va davlat boshqaruvi tizimlarida zamonaviy boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayonida strategik menejment, operatsion menejment, moliyaviy menejment, inson resurslarini boshqarish, biznes strategiyasi, liderlik, ilmiy tadqiqot metodologiyasi hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishning zamonaviy usullari o‘rgatiladi. Bitiruvchilar ilmiy-tadqiqot, pedagogik va amaliy boshqaruv faoliyatini olib borish kompetensiyalariga ega bo‘ladilar.
Amaliyot:
Magistratura talabalari quyidagi tashkilot va muassasalarda ilmiy-pedagogik hamda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari mumkin: Oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari; Davlat qo‘mitalari va mahalliy davlat boshqaruvi organlari; Davlat va xususiy korxonalar; Aksiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalar; Konsalting, audit va biznesni rivojlantirish markazlari; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari; Xalqaro tashkilotlar, qo'shma korxonalar va loyihalar; Biznes inkubatorlar hamda innovatsion markazlar.
Karyera istiqbollari:
Bitiruvchilar quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritishlari mumkin: Strategik rivojlanish bo‘yicha menejer; Loyiha menejeri (Project Manager); Operatsion menejer; Inson resurslarini boshqarish (HR) menejeri; Biznesni rivojlantirish menejeri; Marketing va savdo menejeri; Konsalting kompaniyasi eksperti; Davlat boshqaruvi organlarida bosh mutaxassis yoki bo‘lim boshlig‘i; Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchi; Doktoranturada (PhD) ilmiy faoliyatni davom ettirish.
O'xshash dasturlar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
17 999 999 so'm
yiliga · ≈ $1,529
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Iqtisodiyot
25 420 000 so'm
yiliga · ≈ $2,159
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Bank ishi
23 185 402 so'm
yiliga · ≈ $1,969
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Iqtisodiyot
23 185 402 so'm
yiliga · ≈ $1,969
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Matematik iqtisodiyot
23 185 402 so'm
yiliga · ≈ $1,969
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Iqtisodiyot
23 185 402 so'm
yiliga · ≈ $1,969