Dastur haqida
PEDAGOGIKA FAKULTETI
60110200-Maktabgacha ta’lim
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi boʻyicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda faoliyat olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, Maktabgacha ta’lim muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bog‘chalarida kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
amaliy |
Laboratoriya |
seminar |
|||||
|
180 |
5400 |
2190 |
940 |
754 |
496 |
750 |
2460 |
||
Barcha bosqichlarda o‘quv rejada belgangan barcha fanlar o‘zbek tilida olib boriladi. Ta’lim rus tilida olib boriladigan alohida guruh mavjud.
Malakaviy amaliyotni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi tashkilotlarida olib boriladi.
Kunduzgi ta’lim shaklida 3 yillik, sirtqi ta’lim shaklida 5 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng tarbiyachi mutaxassisligi beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 % gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta’lim soatlari hisobidan 1 kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy taʼlim |
34 |
1-4 |
|
4 kun nazariy va amaliy taʼlim / 2 kun amaliyot |
60 |
3-6 |
|
Attestatsiyalar |
18 |
1-6 |
|
Malaka amaliyoti |
4 |
2,4,6 |
|
BMI |
5 |
7, 8 |
|
Kredit haftaligi |
2 |
2, 4 |
|
Taʼtillar |
29 |
1-6 |
|
Jami: |
152 |
TA'TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi (
- iyun oyining 4-haftasidan sentabr oyigacha
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi
- iyun oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha
- 3-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1 haftasi
- iyul oyining 1-haftasidan
FANLAR:
- Umumiy psixologiya
- O‘zbekistonning eng yangi tarixi
- Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
- Amaliy o‘zbek (rus) tili
- Falsafa
- Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish
- Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
- Maktabgacha taʼlim-tarbiyani tashkil etish
- Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
- Umumiy pedagogika
- Inklyuziv taʼlim. Davolash pedagogikasi
- Dinshunoslik
- Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi
- Bolalar jismoniy tarbiyasi
- Nutq o‘stirish metodikasi
- Maktabgacha taʼlimda chet tilini o‘qitish
- Bolalar musiqiy ta’limi metodikasi
- Tabiat bilan tanishtirish metodikasi
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,346
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
18 959 766 so'm
yiliga · ≈ $1,610
Termiz davlat pedagogika instituti
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
14 542 740 so'm
yiliga · ≈ $1,235
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Buxoro davlat pedagogika instituti
Biologiya
12 627 170 so'm
yiliga · ≈ $1,073
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Pedagogik taʼlim. Filologik taʼlim
24 000 000 so'm
yiliga · ≈ $2,039