Dastur haqida
"Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishida talabalar boshlang‘ich sinflarda bolalar bilan ishlash bo‘yicha asosiy bilim va uslublarni o’rganadi. O’qish davomida talabalar pedagogika tamoyillarini, asosiy fanlarni o'qitish metodlarini o'rganadilar, shuningdek, o'quv jarayonini tashkillashtirish va o’quvchilar bilan muloqot qilish ko'nikmalarini egallaydilar. “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, shuningdek, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ular o'z bilimlarini ta'lim bo'yicha maslahatchilar sifatida hamda ta'lim dasturlarini ishlab chiqishda qo'llashlari mumkin. Aytib o’tish lozim, boshlang'ich sinf - bu bolaning hayotidagi asosiy ko'nikmalar, qadriyatlar va bilim olishga bo'lgan munosabati shakllanadigan asosiy davrdir. Boshlang'ich ta'lim mutaxassislari har bir bolaning shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bolalar bilan ishlash ijodkorlik va innovatsiyalarni talab qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quv jarayonini qiziqarli va samarali o‘tkazish uchun o‘qitishning turli usullaridan, jumladan, o‘yin va interfaol darslardan foydalanadilar.
O'xshash dasturlar
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Pedagogika
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Psixologiya
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Buxoro xalqaro universiteti
Jismoniy madaniyat
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
10 049 550 so'm
yiliga · ≈ $854
Osiyo texnologiyalar universiteti
Dasturiy ta’minot
11 000 000 so'm
yiliga · ≈ $934