Dastur haqida
TA’LIM DASTURI HAQIDA
Ta`lim y o`nalish nomi: “Pedagogika”
Ta`lim y o`nalishi tavsifi:
Ushbu ta’lim dasturini egallash orqali siz ta’lim va tarbiyaning nazariy asoslari, turli o‘quv metodlari, psixologiya, pedagogik psixologiya, didaktika, ta’lim texnologiyalari kabi sohalar bo‘yicha chuqur bilim olib, o‘qitish va tarbiyalash jarayonini samarali tashkil etishga tayyorlanasiz. Siz o‘qituvchilik faoliyatining turli yo‘nalishlarini o‘rganasiz, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirib, o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni doimiy ravishda takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz hamda yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, bilim olishi, ijtimoiylashuvi va shaxs sifatida shakllanishiga hissa qo‘shasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 6120 soat
Malkaviy amaliyot: 1080 soat tashkil etadi.
|
Yuklama taqsimoti |
soat |
kredit |
|
Majburiy fanlar |
4320 |
144 |
|
Tanlov fanlari (ECTS) |
1800 |
60 |
|
malaka amaliyoti |
1 080 |
36 |
|
HAMMASI |
7 200 |
240 |
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
Nazariy va amaliy ta’lim |
1-6 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
4 kun-nazariy va amaliy ta’lim / 2 kun-amaliyot |
4 kun-nazariy va amaliy ta’lim / 2 kun-amaliyot |
3 - 8 |
|
|
Attestatsiya |
Attestatsiya |
1 - 8 |
|
|
Malaka amaliyoti |
Malaka amaliyoti |
2, 4, 6 |
|
|
BMI |
BMI |
7,8 |
|
|
Kredit xaftaligi |
Kredit xaftaligi |
2,4,6 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi
Pedagogika bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilar umumiy o‘rta ta’lim va ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda “Tarbiya” fani o‘qituvchisi maqomida hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchichi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasalarini boshqarish, maxallalarda yoshlar yetakchisi, mehribonlik uyi tarbiyachisi, ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida uslubchi bo‘lib faoliyat olib borish kabi kasbiy sohalarda faoliyat olib borishlari mumkin.
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,346
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
18 959 766 so'm
yiliga · ≈ $1,610
Termiz davlat pedagogika instituti
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
14 542 740 so'm
yiliga · ≈ $1,235
Buxoro davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim
12 824 000 so'm
yiliga · ≈ $1,089
Buxoro davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim
12 824 000 so'm
yiliga · ≈ $1,089
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—